Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 13-Aprel, 2026

Breast Expert ushbu internet-do‘kon va veb-saytni, shu jumladan sayt orqali taqdim etiladigan barcha tegishli ma’lumotlar, kontent, funksiyalar, vositalar, mahsulotlar va xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda "Servislar") boshqaradi. Breast Expertbizga Servislarni Sizga taqdim etish imkonini beradigan Shopify platformasida ishlaydi. Ushbu Maxfiylik siyosati saytga tashrif buyurganingizda, Servislardan foydalanganingizda, xarid amalga oshirganingizda yoki biz bilan boshqa tarzda o‘zaro aloqada bo‘lganingizda sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday yig‘ishimiz, ulardan foydalanishimiz va uzatishimizni tushuntiradi. Agar bizning xizmat ko‘rsatish Servislarimiz va ushbu Maxfiylik siyosati o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelsa, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash qismida Maxfiylik siyosati ustuvor kuchga ega bo‘ladi.

Iltimos, ushbu Maxfiylik siyosati bilan diqqat bilan tanishib chiqing. Sayt va bizning Servislarimizdan foydalanganingizda siz ushbu Maxfiylik siyosati bilan tanishganingizni va ma’lumotlaringizni yig‘ish, ulardan foydalanish hamda uzatish tartibini tushunganingizni tasdiqlaysiz.

Biz yig‘adigan yoki qayta ishlaydigan shaxsiy ma’lumotlar

"Shaxsiy ma’lumotlar" deganda biz sizni aniqlaydigan yoki siz yoxud boshqa shaxs bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tushunamiz. Shaxsiy ma’lumotlar anonim tarzda yig‘ilgan yoki sizni aniqlash yoki siz bilan bog‘lash imkoni bo‘lmaydigan darajada shaxssizlantirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmaydi. Servislar bilan qanday o‘zaro aloqada bo‘lishingiz, qayerda yashashingiz va amaldagi qonunchilikka muvofiq, biz quyidagi toifadagi shaxsiy ma’lumotlarni, jumladan bunday ma’lumotlar asosida chiqarilgan xulosalarni yig‘ishimiz yoki qayta ishlashimiz mumkin:

  • Kontakt ma’lumotlari, jumladan sizning F.I.O., manzilingiz, to‘lov manzili, yetkazib berish manzili, telefon raqamingiz va elektron pochta manzilingiz.
  • Moliyaviy ma’lumotlar, jumladan kredit va debet kartalari raqamlari, bank hisob raqamlari, to‘lov kartalari ma’lumotlari, moliyaviy hisoblar haqidagi ma’lumotlar, tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, to‘lov usuli, to‘lovni tasdiqlash va boshqa to‘lovga oid ma’lumotlar.
  • Hisob yozuvi ma’lumotlari, jumladan foydalanuvchi nomi, parol, nazorat savollari, afzalliklar va sozlamalar.
  • Tranzaksiyalar haqida ma’lumot, jumladan siz ko‘rib chiqayotgan, savatchaga qo‘shayotgan, istaklar ro‘yxatiga qo‘shayotgan, xarid qilayotgan, qaytarayotgan, almashtirayotgan yoki bekor qilayotgan tovarlar, shuningdek oldingi tranzaksiyalaringiz haqidagi ma’lumotlar.
  • Biz bilan muloqot, jumladan biz bilan o‘zaro aloqa qilganingizda taqdim etgan ma’lumotlaringiz, masalan, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilganingizda.
  • Qurilma haqidagi ma’lumot, jumladan qurilmangiz, brauzeringiz yoki tarmoq ulanishingiz haqidagi ma’lumotlar, IP-manzilingiz va boshqa noyob identifikatorlar.
  • Foydalanish haqidagi ma’lumot, jumladan Servislar bilan qanday o‘zaro aloqada bo‘lishingiz, xususan ularni qanday va qachon ishlatishingiz yoki ko‘rib chiqishingiz haqidagi ma’lumotlar.

Shaxsiy ma’lumotlar manbalari

Biz shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi manbalardan olishimiz mumkin:

  • Bevosita sizdan, masalan, siz hisob yozuvi yaratganingizda, Servislarga tashrif buyurganingizda yoki ulardan foydalanganingizda, biz bilan bog‘langaningizda yoki boshqa tarzda bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etganingizda;
  • Servislar orqali avtomatik tarzda, jumladan mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda yoxud saytimizga tashrif buyurganingizda qurilmangizdan olinadigan ma’lumotlar, shuningdek cookie fayllari va shunga o‘xshash texnologiyalar orqali;
  • Xizmat ko‘rsatuvchi hamkorlarimizdan, biz ularni muayyan texnologik yechimlarni taqdim etish uchun jalb qilganimizda va ular bizning nomimizdan sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni yig‘ganida yoki qayta ishlaganida;
  • Hamkorlarimiz yoki boshqa uchinchi shaxslardan.

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz

Biz bilan qanday o‘zaro aloqada bo‘lishingizga yoki qaysi Servislardan foydalanishingizga qarab, biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanishimiz mumkin:

  • Servislarni taqdim etish, sozlash va yaxshilash. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan Servislarni taqdim etish uchun foydalanamiz, jumladan sizning oldingizdagi majburiyatlarimizni bajarish, to‘lovlarni qayta ishlash, buyurtmalarni bajarish, afzalliklaringiz va sizni qiziqtirgan mahsulotlarni saqlash, hisob yozuvingiz bilan bog‘liq bildirishnomalarni yuborish, xaridlar, qaytarishlar va almashtirishlarni qayta ishlash, hisob yozuvingizni yaratish va boshqarish, yetkazib berishni tashkil etish, sharhlar qoldirish imkonini ta’minlash, shuningdek sizning xaridlaringiz asosida mahsulot tavsiyalari kabi shaxsiylashtirilgan xarid tajribasini yaratish. Bu shuningdek Servislarni yanada takomillashtirish uchun shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
  • Marketing va reklama. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan marketing va reklama maqsadlarida foydalanishimiz mumkin, jumladan elektron pochta, SMS xabarlar yoki pochta jo‘natmalari orqali reklama yuborish, shuningdek Servislarda yoki boshqa veb-saytlarda, shu jumladan sizning avvalgi xaridlaringiz yoki Servislardagi harakatlaringiz asosida sizga mahsulotlar yoki xizmatlar bo‘yicha onlayn reklama ko‘rsatish.
  • Xavfsizlik va firibgarlikning oldini olish. Biz shaxsiy ma’lumotlardan hisob yozuvingizni tasdiqlash, to‘lov va xarid jarayonining xavfsizligini ta’minlash, firibgarlik, noqonuniy yoki zararli faoliyatni aniqlash, tekshirish va oldini olish, jamoat xavfsizligini himoya qilish hamda Servislarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanamiz. Agar siz hisob yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazsangiz, hisob ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zingiz javobgarsiz. Biz foydalanuvchi nomingiz, parolingiz yoki boshqa kirish ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga bermaslikni qat’iyan tavsiya qilamiz.
  • Siz bilan aloqa. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan murojaatlaringizga javob berish, qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish va xizmatlarimiz bo‘yicha siz bilan muloqot qilish uchun foydalanamiz.
  • Yuridik asoslar. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan amaldagi qonunchilikka rioya qilish yoki davlat organlarining, jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonuniy so‘rovlariga javob berish, shuningdek sud jarayonlarida ishtirok etish, shartlarimiz yoki siyosatlarimizning ehtimoliy buzilishini tekshirish va o‘z huquqlarimizni himoya qilish uchun foydalanamiz.

Biz shaxsiy ma’lumotlarni qanday oshkor qilamiz

Ayrim hollarda biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq qonuniy maqsadlarda uchinchi shaxslarga oshkor qilishimiz mumkin. Bunday holatlarga quyidagilar kirishi mumkin:

  • Ma’lumotlarni Shopify, yetkazib beruvchilar va bizning nomimizdan xizmat ko‘rsatuvchi boshqa uchinchi shaxslarga (masalan, IT infratuzilmasini boshqarish, to‘lovlarni qayta ishlash, ma’lumotlar tahlili, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, bulutli saqlash, buyurtmalarni bajarish va yetkazib berish maqsadida) uzatish.
  • Ma’lumotlarni marketing xizmatlarini ko‘rsatish va reklama namoyish etish uchun biznes va marketing hamkorlarimizga uzatish. Masalan, biz Shopify platformasidan turli saytlar va sotuvchilar bo‘ylab sizning onlayn faolligingiz asosida shaxsiylashtirilgan reklama ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanamiz. Hamkorlarimiz sizning ma’lumotlaringizdan o‘z maxfiylik siyosatlariga muvofiq foydalanadilar.
  • Qayerda yashashingizga qarab, siz bizdan siz haqingizdagi ma’lumotlarni turli sotuvchilar va veb-saytlarga sizning onlayn faolligingizga mo‘ljallangan reklama va marketing tadbirlarini ko‘rsatish uchun taqdim etmaslikni talab qilish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin.
  • Siz o‘zingiz ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatishga ko‘rsatma berganingizda yoki rozilik bildirganingizda, masalan tovarlarni yetkazib berish uchun yoki ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyalardan foydalanganda.
  • Ma’lumotlarni bizning affillangan kompaniyalarimizga yoki korporativ guruh ichida uzatish.
  • Korporativ bitimlar (masalan, qo‘shilish yoki bankrotlik jarayoni) bilan bog‘liq holda, amaldagi yuridik majburiyatlarga rioya qilish (jumladan sud chaqiruvlari, tintuv orderlari va shunga o‘xshash so‘rovlarga javob berish), foydalanish shartlari yoki ichki siyosatlarga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek Servislarimizni, huquqlarimizni hamda foydalanuvchilarimiz yoki boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida.

Shopify bilan o‘zaro aloqa

Servislar Shopify platformasida joylashtirilgan bo‘lib, u Servislarni taqdim etish va yaxshilash maqsadida sizning ularga kirishingiz va foydalanishingiz haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘adi va qayta ishlaydi. Servislar orqali taqdim etgan ma’lumotlaringiz Servislar faoliyatini ta’minlash va yaxshilash maqsadida Shopify platformasiga, shuningdek siz joylashgan mamlakatdan farq qilishi mumkin bo‘lgan boshqa davlatlardagi uchinchi shaxslarga uzatiladi va taqdim etiladi. Bundan tashqari, biznesimizni himoya qilish, rivojlantirish va takomillashtirish uchun biz Shopify kengaytirilgan funksiyalaridan foydalanamiz, ular sizning do‘konimiz, boshqa sotuvchilar va Shopify platformasi bilan o‘zaro aloqangiz natijasida olingan ma’lumotlar va axborotni o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday kengaytirilgan funksiyalarni taqdim etish uchun Shopify sizning bizning do‘konimiz, boshqa sotuvchilar va Shopify platformasi bilan o‘zaro aloqangiz natijasida to‘plangan shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishi mumkin. Bunday hollarda Shopify sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash uchun javobgar hisoblanadi, jumladan ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ma’lumotlaringizdan foydalanish bilan bog‘liq huquqlaringizni amalga oshirish bo‘yicha so‘rovlaringizni ko‘rib chiqadi Shopify sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishi va sizda qanday huquqlar bo‘lishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Shopify foydalanuvchilari uchun Maxfiylik siyosati bilan tanishishib chiqishingiz mumkin. Siz joylashgan mamlakatga qarab, siz shaxsiy ma’lumotlaringizga oid ayrim huquqlardan Shopify maxfiylik qoidalariga rioya qilish portali orqali ham foydalanishingiz mumkin.

Uchinchi tomon veb-saytlari va havolalar

Servislar uchinchi shaxslar tomonidan boshqariladigan veb-saytlar yoki boshqa onlayn platformalarga havolalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Agar siz biz bilan bog‘liq bo‘lmagan va bizning nazoratimiz ostida bo‘lmagan saytlar havolalariga o‘tsangiz, ularning maxfiylik siyosati, xavfsizlik qoidalari va boshqa foydalanish shartlari bilan tanishishingiz lozim. Biz bunday saytlarning maxfiylik siyosati yoki xavfsizligi uchun, shu jumladan ularda joylashtirilgan ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchliligi uchun kafolat bermaymiz va javobgar emasmiz. Ommaviy yoki qisman ommaviy resurslarda joylashtirgan ma’lumotlaringiz, jumladan uchinchi tomon ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan ma’lumotlar biz yoki uchinchi shaxslar tomonidan undan foydalanishga nisbatan Servislar foydalanuvchilari va/yoki ushbu platformalar foydalanuvchilari uchun hech qanday cheklovlarsiz erkin foydalanish uchun ochiq bo‘lishi mumkin. Bunday havolalarning mavjudligi, agar Servislarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ushbu platformalar mazmuni yoki ularning egalari va operatorlari faoliyatini biz ma’qullashimizni anglatmaydi.

Bolalarning ma'lumotlari

Bizning Servislarimiz bolalar foydalanishi uchun mo‘ljallanmagan va biz siz yashayotgan mamlakat qonunchiligiga ko‘ra voyaga yetmagan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini ataylab yig‘maymiz.

Agar siz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini bizga taqdim etgan bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili bo‘lsangiz, ularni o‘chirishni so‘rash uchun quyida ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Ushbu Maxfiylik siyosati kuchga kirgan sana holatiga ko‘ra, biz 16 yoshdan kichik shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini amaldagi qonunchilikda belgilangan ma’noda "uzatganimiz" yoki "sotganimiz" haqida bizga ma’lum holatlar mavjud emas.

Sizning ma’lumotlaringizning xavfsizligi va saqlanishi

Shuni inobatga olish kerakki, hech bir ma’lumotlarni himoya qilish tizimi mutlaq xavfsizlikni ta’minlay olmaydi, shu sababli biz ma’lumotlarning to‘liq himoyalanishini kafolatlay olmaymiz. Bundan tashqari, siz bizga uzatayotgan ma’lumotlar uzatish jarayonida zaif bo‘lishi mumkin. Shu sababli biz maxfiy yoki sezgir ma’lumotlarni xavfsiz bo‘lmagan aloqa kanallari orqali yubormaslikni tavsiya qilamiz.

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash muddati turli omillarga bog‘liq, masalan, u sizning hisob yozuvingizni dolzarb saqlash, Servislarni taqdim etish, yuridik majburiyatlarni bajarish, nizolarni hal qilish yoki shartnomalar hamda ichki siyosatlarga rioya etish uchun zarur yoki zarur emasligiga.

Sizning huquqlaringiz va tanlash imkoniyatlaringiz

Siz yashayotgan mamlakatga qarab, sizda quyida sanab o‘tilgan huquqlarning ayrimlari yoki barchasi mavjud bo‘lishi mumkin. Biroq bu huquqlar mutlaq emas: ular faqat ayrim holatlarda qo‘llanilishi mumkin va ayrim vaziyatlarda, agar bu amaldagi qonunchilik bilan ruxsat etilgan bo‘lsa, biz sizning so‘rovingizni bajarishni rad etishimiz mumkin.

  • Kirish huquqi. Siz biz siz haqingizda saqlayotgan shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqini so‘rashingiz mumkin.
  • O‘chirish huquqi. Siz biz qayta ishlayotgan yoki saqlayotgan shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin.
  • Ma’lumotlarni tuzatish huquqi. Siz o‘zingiz haqingizdagi noto‘g‘ri yoki eskirgan shaxsiy ma’lumotlarni tuzatishni so‘rashingiz mumkin.
  • Ma’lumotlarni ko‘chirish huquqi. Muayyan holatlarda siz shaxsiy ma’lumotlaringiz nusxasini so‘rashingiz, shuningdek qonunchilik ruxsat bergan taqdirda uni uchinchi shaxsga uzatishni talab qilishingiz mumkin.
  • Kommunikatsiya sozlamalarini boshqarish. Biz sizga elektron pochta orqali reklama xabarlarini yuborishimiz mumkin. Siz istalgan vaqtda bizning xatlarimizda ko‘rsatilgan obunani bekor qilish havolasi orqali ularni olishdan voz kechishingiz mumkin. Reklama xabarlaridan voz kechganingizdan keyin ham biz sizga, masalan, hisob yozuvingiz yoki buyurtmalaringiz bilan bog‘liq bildirishnomalarni yuborishda davom etishimiz mumkin.

Agar siz Buyuk Britaniya yoki Yevropa iqtisodiy hududi (EEA) mamlakatlarida yashasangiz, mahalliy qonunchilikda nazarda tutilgan istisno va cheklovlarni inobatga olgan holda, yuqorida ko‘rsatilgan huquqlardan tashqari siz quyidagi huquqlardan ham foydalanishingiz mumkin:

  • Qayta ishlashga e’tiroz bildirish va uni cheklash huquqi: Ayrim hollarda siz shaxsiy ma’lumotlaringizni muayyan maqsadlar uchun qayta ishlashni to‘xtatish yoki cheklashni so‘rashingiz mumkin.
  • Rozilikni qaytarib olish: Agar shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash sizning roziligingizga asoslangan bo‘lsa, siz ushbu rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olish huquqiga egasiz.
  • Rozilikni qaytarib olish uni qaytarib olishdan oldin amalga oshirilgan ma’lumotlarni qayta ishlashning qonuniyligiga ta’sir qilmaydi.

Siz yuqorida ko‘rsatilgan huquqlardan Servislarning tegishli funksiyalari orqali yoki quyida ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘lanib foydalanishingiz mumkin. Shopify sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishi va sizda qanday huquqlar bo‘lishi mumkinligi, jumladan Shopify tomonidan qayta ishlanadigan ma’lumotlarga oid huquqlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun https://privacy.shopify.com/en saytiga tashrif buyuring.

Biz sizni huquqlaringizdan foydalanganingiz uchun cheklamaymiz yoki sizga nisbatan hech qanday choralar ko‘rmaymiz. So‘rovingizni ko‘rib chiqishdan oldin, agar bu amaldagi qonunchilik bilan talab qilinsa yoki ruxsat etilsa, biz sizdan shaxsingizni tasdiqlashingizni so‘rashimiz mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, siz nomingizdan so‘rov yuborishi mumkin bo‘lgan vakolatli vakilni ham tayinlashingiz mumkin. Bunday so‘rovni qabul qilishdan oldin, biz siz ushbu vakilga nomingizdan harakat qilish vakolatini berganingizni tasdiqlashingizni talab qilishimiz, shuningdek shaxsingizni bevosita tasdiqlashingizni so‘rashimiz mumkin. Biz sizning so‘rovingizga amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda javob beramiz.

Shikoyatlar

Agar sizda shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz bo‘yicha shikoyatlar yoki savollar mavjud bo‘lsa, quyida ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘laning. Joylashgan mamlakatingizga qarab, siz bizning qarorimiz ustidan ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlari orqali murojaat qilib shikoyat qilish yoki shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha mahalliy organga murojaat etish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Yevropa iqtisodiy hududi mamlakatlari uchun tegishli ma’lumotlarni himoya qilish organlari ro‘yxati bu yerda mavjud.

Ma’lumotlarni xalqaro uzatish

E’tibor bering, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni siz joylashgan mamlakatdan tashqarida uzatishimiz, saqlashimiz va qayta ishlashimiz mumkin.

Agar sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz Yevropa iqtisodiy hududi yoki Buyuk Britaniyadan tashqariga uzatilsa, biz ma’lumotlarni uzatishning tan olingan mexanizmlaridan, masalan Yevropa Komissiyasining standart shartnoma qoidalari yoki Buyuk Britaniyaning tegishli organlari tomonidan tasdiqlangan shunga o‘xshash shartnoma mexanizmlaridan foydalanamiz, agar ma’lumotlar yetarli darajada himoyani ta’minlaydigan deb e’tirof etilgan mamlakatga uzatilmayotgan bo‘lsa.

Ushbu Maxfiylik siyosatiga kiritiladigan o‘zgarishlar

Biz ushbu Maxfiylik siyosatini vaqti-vaqti bilan yangilab turishimiz mumkin, jumladan siyosatlarimiz va amaliyotlarimizdagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun, shuningdek yuridik, operatsion yoki tartibga soluvchi sabablarga ko‘ra. Yangilangan Maxfiylik siyosati ushbu saytda e’lon qilinadi, "Oxirgi yangilanish" sanasi o‘zgartiriladi va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sizga tegishli xabarnoma taqdim etiladi.

Kontaktlar

Agar sizda bizning Maxfiylik siyosatimiz yoki shaxsiy ma’lumotlarni qanday qayta ishlashimiz bo‘yicha savollar bo‘lsa yoki o‘z huquqlaringizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, iltimos biz bilan telefoni yoki alisher151015@gmail.com elektron pochta manzili orqali bog‘laning yoki Pahlavon Mahmud ko'chasi 7-17, 100047, UZ manziliga murojaat qilingShaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash maqsadida biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz operatori (nazorat qiluvchisi) hisoblanamiz.